AsosiyJamiyat

Mamlakatimizda 4,3 mingdan ortiq shahar va shaharlararo yo`nalish faoliyat ko`rsatmoqda

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida liniyali taksilar faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlar va ushbu yo`nalishdagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. 

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining lisenziyalashtirish bo`limi boshlig`i A.Isaevning so`zlariga ko`ra, mamlakatimizda avtomobil transporti jadal rivojlanayotgan transport turlaridan biri bo`lib qolmoqda va barqaror taraqqiyot tendensiyasiga ega. Ayni paytda mamlakatimiz bo`yicha 4,3 mingdan ortiq shahar, shahar atrofi va shaharlararo yo`nalish faoliyat ko`rsatmoqda. 
Yo`lovchi tashish sohasida, jumladan, sog`lom raqobat muhiti yaratish bo`yicha amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar samarasida barcha shahar va aholi punktlarida yo`lovchi tashish xususiy tashuvchilar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Avtotransport xizmatlarining 99 foizi xususiy sektor tomonidan taqdim etilmoqda. Tadbirkorlar aholiga sifatli xizmat ko`rsatib, zamonaviy avtovokzal, avtobus stansiyasi va bekatlar qurilishi yoki mavjudlarining rekonstruksiya qilinishida ishtirok etamoqda. 

    Boshqa yangiliklar