Aloqa tarixi muzeyida Elektron ta`lim yuzasidan Latviya davlati tajribasini o`rganish maqsadida Latviya “Elektron hukumat” tizimining sobiq vaziri Ina Gudeli bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuv “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etildi.
Uchrashuvda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, DTM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutaxassislari ishtirok etishdi.
Ina Gudeli E-biznes dasturining direktori, Biznes ma`muriyati va Riga Oliy iqtisod maktabining rahbari. “Lattelekom” OAJda marketing aloqalari loyihasining rahbari, “Apollo” internet xizmatlari ko`rsatish loyihasining rahbari, Davlat devonxonasi, axborot jamiyati boshqarmasida rahbar, elektron boshqaruv ishlari vazirligi kotibiyatida rahbar, 2006 yildan elektron boshqaruv ishlari vaziri lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Elektron boshqaruv ishlari vazirligining sobiq vaziri Ina Gudele “Elektron ta`lim. Butun umr ta`lim olish” mavzusida ma`ruza qilib, inson umri davomida doimo ilm olishga intilishi kerakligini, bunga asosiy sabab esa zamon tezkorlik bilan o`zgarayotganligi, inson zamondan ortda qolmasligi kerakligini ta`kidladi. Bunga misol qilib u AKT bilimlari bo`yicha sertifikat olgan 82 yoshli Latviya fuqarosini misol qilib keltirdi.
Ina Gudele 5 yil davr mobaynida Latviya Ta`lim vaziri vazifasida ishlab, ta`lim tizimini elektron shaklga o`tkazish ancha qiyin va uzoq jarayonligiga ishongan. Uning fikricha, mansabdor shxslarni yangicha uslubda ishlash va fikrlashga o`rgatguncha “qora sochlariga oq tushgan”. Bu holat inson ruhiyatiga xos omil bo`lib, inson o`z tabiatiga ko`ra yangilikka ko`nikishi qiyin bo`ladi.
Uchrashuv ishtirokchilaridan birining, “Elektron hukumat tizimini rivojlantirishda BJRsiz tasavvur qilib bo`lmaydi” degan fikrga qanday qaraysiz?”- degan savoliga, Ina Gudele, “Elektron hukumat jarayonini tashkil etishda faqat axborot texnologiyalarigagina tayanib qolmaslik kerak. Bu faqat ushbu jarayonning muvafaqqiyatini qisman tashkil qiladi. Qaysidir davlatning tajribasini o`zga mamlakatga ham shunday ko`chiribgina olib qo`llab bo`lmaydi. Har bir mamlakatning o`ziga xos jihatlarini e`tiborga olgan holda yaratilgan elektron hukumati mavjud bo`ladi.
Hozirgi kunda ham Latviyaning poytaxti Riga AKT mutaxassislarini etkazib berishda etakchi o`rinlardan birida turadi. Bugun Rigada 26 ta Oliy o`quv yurtlari faoliyat olib borib, ulardan 17 tasi AKTga ixtissoslashgan.
Latviyadagi maktablarning har biri kompyuter sinflari bilan jihozlangan, multimedia laboratoriyasiga ega. Shuningdek, ota-onalar farzandlarining o`zlashtirishini mobil ilova orqali bilib olish imkoniyatiga ega. Bu esa Latviya elektron hukumatining o`ziga xos jihatlaridan biridir.
Shuningdek, O`zbekiston “Elektron hukumat tizimidagi” “Ta`lim” axborot kompleks tizimi haqida BMTDning “O`zbekistonda davlat xizmatlari sifatini yaxshilash uchun elektron hukumat tizimini rivojlantirish” loyihasining loyiha menejeri Bunyod Avliyoqulov ma`lumot berib o`tdi.