1

O`zbekiston Tojikistonga 144 ta tibbiy konteyner jo`natdi (video)

Siyosat 08.05.2020, 18:14
O`zbekiston Tojikistonga 144 ta tibbiy konteyner jo`natdi (video)

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev 7 may kuni qardosh Tojikistonga beg`araz yordam sifatida zudlik bilan 144 ta mobil tibbiy konteyner jo`natish haqida buyruq berdi. 

Koronavirus bilan og`rigan bemorlar uchun mo`ljallangan konteynerlar bugun ertalab temiryo`l orqali Dushanbega etkazildi. Bu haqda Asia-Plus nashriga tayanib Sof.uz xabar berdi.

"Bunday konteynerlar joy etmayotgan kasalxonalar o`rniga ishlatilishi mumkin", dedi O`zbekistonning Tojikistondagi diplomatik korpusi vakili.

Konteynerlarda ko`rpa-to`shakli yotoq, hammom, hojatxona va kondisioner mavjud.

Konteynerlar "Bofanda" stadioniga o`rnatiladi va u erda ko`chma kasalxona tashkil etiladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1