Qozog`istonda ayol Sardoba suv omboridan talofat ko`rganlarga eri pul yashirib qo`ygan kurtkani berib yubordi.
Xabaringiz bor Sardoba suv ombori o`pirilishi natijasida qo`shni davlat hududida yashovchi fuqarolar ham zarar ko`rdi. Xususan, Qozog`istonning Turkiston viloyatidagi Maqtaaral tumanida yashovchilar toshqindan talofat ko`rdi. Ularga yordam berish maqsadida respublikaning turli hududidan yordamlar jo`natildi.
Shunday yordamlarning birida Qozog`istonda yashovchi ayol uyidagi kiyimlarni, jumladan erining kurtkasini ham hududda talofat ko`rganlarga yordam berish maqsadida berib yuboradi. Keyinchalik erning xayoliga kurtkaga 3100 dollar yashirgani esiga tushib qoladi. Shunda er-xotin darrov uning ortidan odam yuboradi. Vakil kurtka etib borgan manzilga borib, xolislar ko`z o`ngida pullarni olib, ortga qaytadi.
Ma`lumot o`rnida, Qozog`istonda 2 maydan buyon suv toshqini natijasida 30 mingdan ortiq fuqaro evakuasiya qilingan.