AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida eshak go‘shtidan somsa tayyorlab sotganlar qo‘lga tushdi

Uch nafar shaxsga sud hukm o‘qidi.

'Toshkent viloyatida eshak go‘shtidan somsa tayyorlab sotganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

Toshkent viloyati Parkent tumanida eshak go‘shtidan tayyorlangan somsalarni sotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi.

Ma’lum qilinishicha, Nurafshon shahrida yashovchi shaxs o‘ndan ortiq eshakni so‘yib, go‘shtini sotish bilan shug‘ullangan. U 200 kg eshak go‘shtini Toshkent shahridagi fuqaroga kilogrammini 20 ming so‘mdan sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan.

Toshkent shahridagi xaridor esa 193 kg eshak go‘shtini 3,8 million so‘mga sotib olayotgan paytda ushlangan. Uning yashash manzilidan qo‘shimcha 60 kg kelib chiqishi noma’lum go‘sht topilgan. Bu go‘sht Parkentdagi tez ovqatlanish shoxobchasida somsa tayyorlash uchun ishlatilgan.

Sud jarayonida uch nafar shaxs Jinoyat kodeksining 186-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topildi: ikki nafari 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, uchinchi shaxs esa 3 yil 8 oy 15 kunga ozodlikni cheklash jazosi oldi.

    Boshqa yangiliklar