AsosiyDunyo

"Bir dollar" $32.6 millionga sotildi

Sotheby's auksionida Endi Uorxolning "Bir dollar" kartinasi rekord summaga - $32.6 mlnga sotildi.

Ushbu polotno uchun to`langan summa, ushbu haftadagi savdolarda eng rekordi bo`ldi. Auksion uyi vakillarining so`zlariga ko`ra, kartina uchun to`rt nafar kolleksioner “kurash” olib bordi, va natijada summa o`zining dastlabki narxi - $18 mln.dan oshib ketdi.

Savdoda Endi Uorxollning dollar kupyurasi aks etgan 21 ta ishi qatnashdi. Ulardan sakkiztasi sotildi. Polotno amerikalik rassom tomonidan 1962 yilda yaratilgan.
  

 

    Boshqa yangiliklar