1

Zulfiya Zokirovaning hayot yo`li, oilasi va avlodlari haqida kitob yoziladi

Madaniyat 10.05.2020, 15:10
Zulfiya Zokirovaning hayot yo`li, oilasi va avlodlari haqida kitob yoziladi

Bugun Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov boshchiligidagi viloyat sektor rahbarlari Zangiota tumani Xonobod qishlog`i "Qushbegi" mahallasida, Zulfiya aya Zokirova yashagan xonadonda bo`ldi.

Zulfiya ayaning mo``jazgina hovlisida mehmonlarni uning evarasi Farhod Muhammadjonov kutib oldi.

Xabaringiz bor, kuni kecha Prezidentimiz tomonidan ushbu oila vakillari alohida e`tirof etildi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan "G`alaba bog`i"da Zulfiya Zokirova timsolida o`zbek onalarining sabr-bardoshi, matonati mujassam bo`lgan “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi o`rnatildi.  

“O`zbekkino“ Milliy agentligi buyurtmasiga ko`ra “Ezgu film“ kinostudiyasi tomonidan "Ilhaq" badiiy filmi tasvirga olindi. Filmning televidenie orqali namoyishi xalqimizga manzur bo`ldi. Odamlar kecha va bugun bu buyuk jasorat, o`zbek onasining bardoshi, irodasi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tinmay dil so`zlarini to`lqinlanib aytishmoqda.

Zulfiya aya xonadonida uning avlodlari bilan o`tgan suhbatda mana shular haqida so`z bordi. Viloyat hokimi Prezident tashabbusi bilan tasvirga olingan "Ilhaq" badiiy filmini katta hayajon, qiziqish bilan tomosha qilganini, Zulfiya ona timsolida urush davrida yashagan minglab onalarning achchiq qismati ta`sirli, zo`r badiiy mahorat bilan tasvirlanganini e`tirof etdi.

- Yuragi to`la dog`u hasratlar bilan yashab, shunda ham o`z irodasini yo`qotmay, mehnat qilib, farzandlaridan yodgor nabiralari tarbiyasi bilan mashg`ul bo`lgan onaizor haqli ravishda matonat timsoli, buyuk jasorat sohibasi, - dedi Rustam Xolmatov.

Viloyat hokimi mahalla va jamoatchilik taklifidan kelib chiqib, Zulfiya Zokirova yashagan mazkur ko`cha uning nomi bilan qayta nomlanishini bildirdi.

Shuningdek, bu xonadonga buyuk jasorat va matonat sohibasi yashagan muhitni o`z ko`zi bilan ko`rmoqchi bo`lgan mehmonlar tashrifi uchun uy asl holatda saqlanishi, kelgusida uni uy-muzeyga aylantirish yuzasidan birlamchi ishlarni amalga oshirishga ko`rsatma berildi.

Bundan tashqari, viloyat hokimligi buyurtmasi bilan Zulfiya Zokirovaning hayot yo`li, oilasi, avlodlari haqida kitob nashrga tayyorlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1