Anchadan beri mashina olaman deb pul yig`ib yuraman, bugun salonlardan ham bozordan ham avtomobil harid qilish mumkin. Avtomobilni qaerdan olishni bilmay boshim qotyapti. Kelgusi sonlaringizda avtomobillarning narxlari, qaerdan harid qilish afzalligi hamda avtokredit haqida batafsil ma`lumot bersangiz?
Z.Sultonov, Toshkent sh.
Bugungi kunda GM Uzbekistan avtomobillari kreditga ham lizingga ham sotilmaydi. GM Uzbekistan avtomobillarini rasmiy dillerlardan hozircha jismoniy shaxslar naqd, yuridik shaxslar esa pul ko`chirish yo`li bilan harid qilishlari mumkin. Biroq O`zbekistonda avtomobillarni harid qilishning boshqa yo`llari bor. Bu haqda quyida batafsil aytib beramiz. Hozircha esa avtomobillarning avtosalonlardagi va bozorlardagi narxlari bilan tanishtirmoqchimiz.
Bozorlarda narx qanday?
Mazkur maqolani yozish maqsadida poytaxtimizdagi avtomobil bozoridagi narxlar bilan qiziqib ko`rdik. Ma`lumotlarga ko`ra bugun avtomobil narxlari 15-20% tushgan.
Matiz - 4500 – 8000 u.e.gacha
Spark – 6700 – 13200 u.e.gacha
Nexia – 6000 – 10 000 u.e.gacha
Cobalt – 9000 - 16 000 u.e.gacha
Lacetti – 10000 – 14000 u.e.gacha
Malibu - 17 000- 23000 u.e.gacha
*mazkur narxlar avtobor.uz, olx.uz saytlaridan olingan. Ushbu narxlar avtomobilning holatiga qarab, chiqarilgan muddati va bosgan masofasiga qarab farqlanadi.
AVTOSALONDAGI NARXLAR
|
(06.07.2013 yildan beri amalda) |
|
Narxlar |
|
|
Model |
Modifikasiyasi |
|
Chakana narx |
Shartnoma tuzish uchun tulanadigan 85% tulov |
|
STD b/k |
STD W6U MXH |
SO`M |
26 213 100 |
22 281 135 |
|
DLX b/k |
DLX B6O |
SO`M |
26 782 800 |
22 765 380 |
|
STD b/k |
M UCH |
MPK |
15 106 340 |
MPK |
|
DLX b/k |
MX VEE UCH DX6 |
MPK |
16 142 340 |
MPK |
|
DLX s/k |
MX C60 VEE DX6 |
MPK |
16 803 900 |
MPK |
|
DLX s/k H1 |
MX C60 VEE V54 RYF (RQT UCH DX6) |
MPK |
17 067 300 |
MPK |
|
DLX b/k |
MX VEJ A31 DBK T3U UCH |
SO`M |
21 823 100 |
18 549 635 |
|
DLX c/k |
MX C60 VEJ A31 DBK T3U UCH |
SO`M |
23 023 500 |
19 569 975 |
|
DLX s/k H1 |
MX C60 VEJ A31 DBK T3U V54 RYF (RQT )UCH |
SO`M |
23 334 560 |
19 834 376 |
|
L M/T b/k |
(LKY) N40 2GB |
SO`M |
27 937 400 |
23 746 790 |
|
LS M/T s/k |
(LKY) C60 N40 T3U 2GB RQY AK5 |
SO`M |
31 245 910 |
26 559 024 |
|
LT M/T s/k |
(LKY) C60 N40 T3U AK5 JM4 2GV RR1 |
SO`M |
32 688 010 |
27 784 809 |
|
ST A/T s/k |
|
SO`M |
30 369 210 |
25 813 829 |
|
LT M/T s/k |
C60 N40 T3U 2GB RQY AK5 |
SO`M |
34 219 660 |
29 086 711 |
|
GL b/k |
V35 NT2 2GB B86 |
MPK |
22 037 900 |
MPK |
|
GL b/k 61 |
V35 N40 NT2 2GB B86 |
MPK |
22 537 110 |
MPK |
|
GLE b/k |
V35 NT2 2GB B86 DX6 |
MPK |
24 460 000 |
MPK |
|
GLE s/k |
C60 V35 NT2 2GB B86 DX6 |
MPK |
25 301 330 |
MPK |
|
GL b/k |
LXT V35 B86 2GB |
SO`M |
31 362 690 |
26 658 287 |
|
GL b/k 61 |
LXT V35 N40 2GB B86 |
SO`M |
31 806 710 |
27 035 704 |
|
GLE b/k |
LXT V35 N40 2GB B86 DX6 |
SO`M |
34 909 500 |
29 673 075 |
|
GLE s/k |
LXT C60 V35 N40 2GB B86 DX6 |
SO`M |
35 750 830 |
30 388 206 |
|
1-POZIS |
US8 |
MPK |
32 619 200 |
MPK |
|
2-POZIS |
C60 US8 |
MPK |
35 027 570 |
MPK |
|
3-POZIS |
M/T C60 US8 |
SO`M |
52 234 600 |
44 399 410 |
|
4-POZIS |
C60 US8 TZC MH9 |
SO`M |
54 125 930 |
46 007 041 |
|
1-pozisiya |
C60 PG1 JL9 |
MPK |
38 358 000 |
MPK |
|
2-pozisiya |
C60 AJ3 PG9 B18 JL9 T96 UK3 |
MPK |
44 333 540 |
MPK |
|
3-pozisiya |
C60 AJ3 PG9 B18 JL9 T96 UK3 CF5 |
SO`M |
62 582 010 |
53 194 709 |
|
1-pozisiya |
|
MPK |
57 160 700 |
MPK |
|
2-pozisiya |
|
MPK |
59 093 600 |
MPK |
|
3-pozisiya |
|
SO`M |
75 455 400 |
64 137 090 |
|
MAL MT LS |
K34 UD7 73U |
MPK |
67 628 000 |
MPK |
|
MAL MT LT |
K34 UD7 T3U CF5 |
MPK |
70 559 660 |
MPK |
|
MAL MT LS |
K34 UD7 73U |
SO`M |
88 682 000 |
75 379 700 |
|
MAL MT LT |
K34 UD7 T3U CF5 |
|
92 251 660 |
78 413 911 |
|
MAL AT LT |
UDC UFW VY7 TSQ CF5 MH8 |
SO`M |
99 750 000 |
84 787 500 |
|
Lyuks A/T |
VY7 C37 PYB/RSX C68/CJ2 AM9 AQ2 G67 CF5 V3E VH4 C38 UD7 TUQ E62 KAO NNZ QQ6/RVZ TR6 |
SO`M |
93 136 640 |
79 166 144 |
QISMAN TO`LOV, LIZING YoKI AVTOKREDIT ASOSIDA!
Siz avtomobil sotib olishni orzu qilasiz, ammo bunga pulingiz etmayapti? Yurtimizda aholiga ana shunday imkoniyatlarni taqdim etayotgan kompaniyalar faoliyat yuritmoqda. Ularning yordamida orzuingiz haqiqatga aylanishi mumkin.
Ular moliyalashtirishning 2 turini taklif etishmoqda:
- AVTOKREDIT – yillik 19% dan 22%.
- LIZING – yillik 15%
Kredit
Mazkur sohaga ixtisoslashgan kompaniyalar tijorat banklari bilan birgalikda aholiga tez va xavfsiz avtokreditni taqdim etishmoqda. Nega buncha tez? Sababi hujjatlarni topshirib, sizga kerakli avtomobilni rasmiylashtirish uchun 3 kungacha vaqt talab etiladi. Nima sababdan xavfsiz? Sababi siz har qanday xatardan holi bo`lasiz, avtomobil boshidan sizning nomingizga rasmiylashtiriladi!
Shartlari
Oldindan to`lov avtomobil narxidan 25% tashkil qiladi, yillik foiz to`lovi 19-22% (bu esa oldindan amalga oshirgan summangizga qarab belgilanadi).Kredit muddati 36 oy.
Qanday hujjatlar kerak?
- Pasport;
- INN;
- Yashash joyidan ma`lumotnoma;
- Daromadingiz to`g`risida ma`lumotnoma (ohirgi 12 oy uchun).
Avtokredit ikkilamchi bozordan harid qilingan avtomobil uchun beriladi. Avtomobil narxi uni egasi tomonidan belgilanadi. To`lovlar so`mda amalga oshiriladi.
Lizing asosida
Bugungi kunda avtomobillarni lizing vositasida taqdim etadigan kompaniyalar yurtimizdagi yirik lizing kompaniyalari bilan hamkorlik qilishadi. Bunday holda avtomobil lizing kompaniyasi nomiga rasmiylashtirilib, siz bilan notarial lizing shartnomasi imzolanadi.
Shartlari qanday?
Bunda yillik foiz to`lovi 15% tashkil qiladi. Zayom 13 dan 36 oygacha bo`lgan muddatga taqdim etiladi.
Buning uchun avtomobilning 35% to`lovini oldindan amalga oshirish lozim.
Lizing 12 oydan ko`proq faoliyat yuritgan yuridik firmaga taqdim etiladi.
Lizingga avtomobillar birlamchi bozor, ya`ni avtosalonlardan rasmiylashtirilishi mumkin.
PLYuS VA MINUSLARI NIMADA?
Avtosalondan naqd pulga yoki kreditga xarid qilinadigan avtolarning qanday plyus va minuslari:
AVTOSALON
Plyus: Yap-yangi, hech kim haydamagan avtomobilni harid qilasiz.
Minus: Aksariyat hollarda uni bir necha oy muddat navbatda turib kutishingizga to`g`ri keladi.
AVTOKREDIT
Plyus: Avtomobilni harid qilgan zahotingiz haydaysiz, pulni birdaniga to`lamaysiz, bo`lib-bo`lib har oy to`laysiz.
Minusi: Foizlari bilan avtomobil asl narxidan qimmaroqqa tushadi.
Mavzuga oid
Avtosalondan mashina olishda biror muammoga duch kelgan taqdirda kimga murojaat qilish mumkin?
Bunday hollarda Toshkent shahri, Nukus ko`chasi 8 uyda joylashgan GM-Uzbekistan kompaniyasining bosh ofisiga yoxud kompaniyaning (0 371) 141 7777 raqamiga qo`ng`iroq qilib oydinlik kiriting.
- Yoz qaynoq pallada
AVTOMOBILNI ISSIQDAN HIMOYa QILAMIZ
Issiq havo nafaqat odamlarga salbiy ta`sir qiladi. Bunda avtomobilning tashqi ko`rinishi va saloni ham xavf ostida qoladi. Xo`sh bunday hollarda qanday yo`l tutish mumkin?
Mashinadagi eng nozik narsa bu— oynalari. Oynalarni himoyalashga sizga maxsus «quyosh to`siqlari» yordam beradi. Ular old oyna uchun kumush panel ko`rinishida bo`ladi. Uning rangi va tuzilishi quyosh nurini qaytarishga qodir bo`ladi. Huddi shunday narsalarni yon oynalariga ham osgan foydadan holi bo`lmaydi.
Agar... sizda avtomobilingiz avtomatik ravishda o`t oldirish tizimi mavjud bo`lsa, uni vaqti vaqti bilan kondisionerni ishlatishga dasturlang. Shunda salon vaqti vaqti bilan sovub turadi.
Issiq...mashinangizning bo`yoqlariga zarar etkazishi mumkin. Qizil, ko`k, sariq va boshqa yorqin rangdagi avtomobillar quyosh nuri yordamida tezroq sarg`ayadi. Darvoqe, qora rangdagi avtomobilllar issiqdan oqlardan ko`ra tezroq «aqldan ozishadi».
Quyosh, uy va boshqa katta mashinalarning soyalarida to`xtaganingiz maqsadga muvofiq. Mashinangizni garajda saqlash imkoniyati bo`lsa undan albatta foydalaning, shunda bu kabi qiyinchiliklardan biroz himoyalanishingiz mumkin.
Yozda...avtomobilingizni ichini toza holda saqlashga harakat qiling. Toza qoplama avtomobilni quyosh qaytarishi yordamida himoyalashga qodir bo`ladi. Shuningdek avtomobilingizni quritib arting: suv tomchilari tashqi ko`rinishni buzilishini tezlashtirishadi.
Laylo RUSTAMOVA tayyorladi