AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga tug`ilganidan boshlab ID-karta beriladi

'O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga tug`ilganidan boshlab ID-karta beriladi'ning rasmi

Prezidentning “O`zbekiston Respublikasida identifikasiyalash ID-kartani rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni loyihasi muhokama uchun joylashtirildi. 

Unga ko`ra, ID-karta O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga tug`ilganidan boshlab beriladi. O`zbekiston Respublikasi hududida yashovchi O`zbekiston Respublikasi fuqarolari 18 yoshdan ID-kartaga ega bo`lishlari shart.

ID-karta fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:

• tug`ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha – ikki yil muddatga;

• bir yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga;

• 16 yoshdan oshgan shaxslarga – 10 yil muddatga.

Fuqaro 14 yoshdan boshlab ID-karta rasmiylashtirishda barmoq izlarini topshirishi shart.

Fuqaro doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatga olingan Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limlariga (MvaFRB) ID-kartani olish uchun 18 yoshga to`lgandan so`ng bir oydan kechikmasdan murojaat etishi lozim. 

    Boshqa yangiliklar