AsosiyDunyo

AQSH "Hizbulloh" faoliyati haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot e’lon qildi

AQSH Davlat departamenti Braziliya, Paragvay va Argentinada «Hizbulloh» tashkilotining faoliyati haqida ma’lumot bergan shaxsni mukofotlamoqchi.

'AQSH "Hizbulloh" faoliyati haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot e’lon qildi'ning rasmi

AQSH Davlat departamenti Braziliya, Paragvay va Argentinada «Hizbulloh» tashkilotining faoliyati va aloqalari haqida ma’lumot bergan shaxsga 10 million dollar miqdorida mukofot e’lon qildi.

"Hizbulloh" moliyaviy tarmoqlari va vositachilari terrorchi tashkilot foydasiga pul topish maqsadida qonuniy bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanmoqda. Ular orasidan pul yuvish, giyohvand moddalar savdosi, ko‘mir va neft kontrabandasi, noqonuniy olmos savdosi, tovarlar kontrabandasi (katta miqdorda naqd pul, sigaretalar va qimmatbaho buyumlar), hujjatlar va AQSH dollarini soxtalashtirish kabi jinoyatlar mavjud. Shuningdek, Lotin Amerikasida qurilish, import-eksport, ko‘chmas mulk sotuvi kabi tijorat faoliyati orqali ham daromad olish holatlari qayd etilgan", — deyiladi Davlat departamentining rasmiy bayonotida .

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar