AsosiyJamiyat

Ramazon hayitini nishonlash haqida qaror qabul qilindi

Joriy yilning 14 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti muborak Ramazon hayiti munosabati bilan 18 iyul kunini dam olish kuni va bayram sifatida keng nishonlash to`g`risida qarorni imzoladi.

O`zbekiston musulmonlari idorasining qaroriga muvofiq 2015 yil Ramazon hayiti kuni 18 iyul shanba kuniga to`g`ri kelishi ma`lum qilingan. Har yili O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Ramazon va Qurbon hayiti kunlarini dam olish kuni deb e`lon qilish qaroriga asosan diyorimizda hayit kunlari keng nishonlanilishi yaxshi odatga kirgan.

Ushbu muborak kunlarda keksa, boquvchisini yo`qotgan mahalladosh, qarindoshlardan xabar olish dinimizning ta`limoti hamda milliy qadriyatlarimizdan sanaladi.

    Boshqa yangiliklar