AsosiyJamiyat

SAYYoHLARNING HAFSALASI PIR BO`LADI

Sayohat tanga rohat deydilar. Dunyo kezish, tillarda doston bo`lgan tarixiy obidalar, tabiat va inson qo`li yaratgan mo``jizalarni tomosha qilishga ne etsin. Ammo, Er yuzida shunday shaharlar borki, ular nomi sayyohlik tizimida ko`p bora tilga oilnsa-da, aslida ular ko`pgina sayyohlarning hafsalasini pir qiladi. Quyida ana shunday shaharlarning ayrimlari bilan tanishtiramiz.

1. Kasablanka, Marokash. Go`zal mamlakatning unchalik go`zal bo`lmagan shahri. Garchi uning nomi ancha mashhur bo`lsa-da,  bu erda qirol Hasan Ikkinchining mahobatli masjididan boshqa tayinli obidani uchratmaysiz.

2. Male, Maldiv orollari. Jannatning bir parchasi deb ataladigan mamlakatning afrikalik muhojirlar va chiqindilarga to`la gavjum nuqtasi.

3.  Kingston-taun, Yamayka Mahalliy aholi vakillari xorijlik sayyohlarni ko`rdi deguncha bir nima undirish payida chippa yopishib, bezor qilishadi.

4. Qohira, Misr. Albatta bu qadimiy va go`zal mamlakatning ko`rishga arzirli joylari ko`p. Lekin, imkon qadar Qohiradan chetroqqa, deylik Sharm-ash-Shayx yoki Luqsor taraflarga borishni tavsiya qilardik. Sababini... borganda bilasiz!

5. Piza, Italiya. Yiqilay deb turgan og`ma minorani aytmasa, bu kichkina shaharchada Sizni hayratga soladigan hech narsani topolmaysiz.

6. Stounxendj, Buyuk Britaniya. Londondan yuzlab chaqirim uzoqlikdagi taqir yalanglikda  joylashgan bu toshlar uyumini tomosha qilib zavq olishingizga ishonchingiz komil bo`lsa... nima derdik, boravering!

7. Pompey, Italiya. Garchi sayyohlar qadami uzilmasa-da, u erda ko`hna shahar xarobalaridan boshqa narsani topolmaysiz. Qo`lga ilinadigan narsalarni muzeylarga tashib bo`lishgan.  

8. Gibraltar, Ispaniya va Britaniya o`rtasidagi bahsli hudud.  Dengizdan turtib chiqqan bu ulkan qoyatosh ostidagi  shaharga etib borish uchun soatlab vaqt sarflaysiz, qat`iy tekshiruvdan o`tasiz, ammo shaharni ko`zdan kechirish uchun ikki uch daqiqangiz kifoya qiladi.

9. Neapol, Italiya. Shaharni chiqindilardan tozalashni mahalliy mafiya nazoratiga olganiga qaramasdan,  shaharda axlatlar uyumiga qadamda duch kelasiz. Estetik didi yuqori bo`lgan sayyohlar bu shaharni chetlab o`tsalar yaxshi bo`lardi.

10. Las-Vegas, Nevada, AQSh. Asl manzara bu shahar haqidagi tasavvurlaringizga mos kelmaydi. Shaharda qimorxona va spirtli ichimliklar do`konlari  qalashib yotibdi. Ichib dumalab qolgan sarxush odamlar va daydilar  ham istagancha topiladi.

                                                                                   Charos Omonova tayyorladi.

 

    Boshqa yangiliklar