1

15 may: Ai-92 markali benzin narxi yana arzonlashdi

Iqtisodiyot 13.05.2020, 17:40
Teglar: Ai-92 markali benzin, O`zbekneftgaz
15 may: Ai-92 markali benzin narxi yana arzonlashdi

“O`zbekneftgaz" AJ “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg`i quyish shoxobchalari tarmog`ida Ai-92 markali benzin va Evropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg`isi sotuvini yo`lga qo`yganligi haqida avval xabar berilgan edi.

2020 yilning 26 mart kunidan e`tiboran Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so`mdan 6000 so`mga pasaytirilgandi. 29 apreldan esa bu mahsulotning narxi 5500 so`m deb belgilandi.

15 may kunidan boshlab Ai-92 markazi benzin narxi yana 500 so`mga arzonlashtirildi va 5000 so`m qilib belgilandi. Bu haqda “O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Eslatib o`tamiz, Ai-80 markali benzin narxi “O`zbekneftgaz” AJga qarashli yoqilg`i quyish shoxobchalarida 4000 so`mdan sotilmoqda.

AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to`liq va aniq ma`lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishingiz mumkin.

 

Sharhlar

Qarshida o`tkazilayotgan hududiy sanoat yarmarkasida “O`zbekneftgaz”ga qarashli korxonalar alohida stend bilan ishtirok etmoqda

07.10.2022, 10:15

O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga muvofiq Qarshi shahrida bo`lib o`tayotgan “Neft va gaz sanoati, elektr energetikasi, kimyo sanoati, charm-poyabzal sanoati” mavzusidagi hududiy...
“O`zbekneftgaz” dunyoning yirik moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatdi

18.01.2022, 21:11

So`nggi yillarda Davlatimiz Rahbari tomonidan mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan transformasion jarayonlar  neft-gaz tarmog`iga ham ijobiy tasir ko`rsatmoqda .Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning neft-gaz tarmog`i rivojlanishiga qaratayotgan...
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida «AI-80» o`rniga «AI-92» rusumidagi avtobenzin yonilg`isini ishlab chiqarish quvvatlari oshiriladi

03.12.2021, 20:56

“O`zbekneftgaz” AJ hamda “Gazpromneft-Promshlenne  Innovasii” kompaniyasi o`rtasida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida yuqori oktanli avtobenzinlar ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish bo`yicha muzokaralar o`tkazildi.Hozirgi kunda Buxoro...
“O`zbekneftgaz”: Qarshi shahrida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo`lib o`tmoqda (Foto)

12.11.2021, 09:06

 2021 yil 11-12 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida “Neft va gaz, elektr energetika, kimyo, to`qimachilik, charm-poyabzal sanoati” mavzusidagi hududiy sanoat yarmarkasi o`tkazilmoqda. Bu haqda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1