AsosiyJamiyat

Sayyoramizda so`nggi 135 yilda misli ko`rilmagan jazirama

NASA milliy aerokosmik agentligi mutaxassislari sayyoramizni misli ko`rilmagan issiq kutayotganligini ma`lum qilishdi.

Bashorat so`nggi yillarda qayd etilayotgan rekordlarga asoslangan. 1995 yildan e`tiboran birin-ketin haroratning me`yordan chiqishi kuzatilmoqda (1995, 1997, 1998, 2005 va 2010 yillar). Mutaxassislarning prognozlariga ko`ra, joriy yilda sayyoramizning ba`zi hududlarida kuchli qurg`oqchilik va misli ko`rilmagan jazirama  kutilmoqda.

Amerikalik olimlar bu yili so`nggi 135 yillik tarixdagi eng issiq ob-havo kuzatilishini bashorat qilishmoqda.

FAKT

Er sayyorasi kurrasinining dunyo rekordi Liviya cho`llaridan biri Dashti-Lutda 2005 yilda qayd etilgan. O`shanda qum harorati 70 C darajani tashkil qilgandi. Darvoqe, ushbu cho`l sayyoramizning eng qurg`oqchil hududi sanaladi. U erda hayvonlar juda kam, o`simliklarni esa umuman uchratmaysiz.

Hindistondan Evropagacha

  • Hindiston va Pokistonda ko`plab qurbonlarni keltirib chiqargan Osiyo janubidagi rekord harorat ketidan issiq harorat Evropaga keldi. Qit`aning ko`p qismida termometr ko`rsatkichi 40 daraja va undan yuqoriga ko`tarildi. Iyul yozning eng issiq oyi bo`lsa ham ko`pgina  Evropa mamlakatlarida oyning ilk kunlarida issiqning ko`p yillik rekordlari qayd etildi. Issiq ob-havo qit`aga Pireney yarim oroli orqali keldi.
  • Ispaniyalik va portugaliyaliklar uchun qayd etilgan 44 daraja issiq ham juda ko`p tuyuldi. Bejiz ushbu shaharda  qizil rang darajasidagi «trevoga»  e`lon qilinmadi.
  • Qo`shni Portugaliyaning to`rt viloyatida  ham yuqori darajadagi trevoga e`lon qilingan.
  • Ispaniyadagi issiq havo shimol va sharqqa harakat qilib, tezda Fransiya, Italiya va Belgiya, Gollandiyaga etib bordi, shuningdek Britaniya orollariga ham qadam qo`ydi.
  • Buyuk Britaniyada iyulning ilk kuni 34 daraja harorat  qayd etildi. Bu  so`nggi 10 yildagi eng yuqori ko`rsatkich bo`ldi.
  • Nafaqat Londonda, balki Parijda ham juda issiq, bu erda 1947 yildan beri havo harorati 40 S ga ko`tarilmagan.
  • Iyul oyining ilk kunlarida issiq havo oqimi  Evropaning sharqiy va markaziy qismiga etib bordi. Hozir issiq haroratni Germaniya, Avstriya, Chexiya va Polshada ham sezishmoqda.
  • Hozir  Belarus hududida ham me`yoridan ancha yuqori  harorat kuzatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar