Bekat qurishga er ajratish uchun 600 AQSh dollari talab qilgan arxitektor ushlandi

Jinoyat 14.05.2020, 11:18
Bekat qurishga er ajratish uchun 600 AQSh dollari talab qilgan arxitektor ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi hamda DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Asaka tumani qurilish bo`limi arxitektori O.A. fuqaro F.A.ga Marhamat tumani qurilish bo`limida ishlovchi tanishlari orqali tumandagi “Polvontosh” MFY hududidagi yo`l bo`yidan bekat qurish uchun er ajratib berish evaziga 600 AQSh dollari talab qilgani aniqlandi. Bu haqda bosh Prokuratura Darakchiga xabar bermoqda. 

Jinoyatchi 500 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani qurilish bo`limi arxitektori O.A., Marhamat tumani qurilish bo`limi etakchi mutaxassisi M.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1