AsosiyJamiyat

#Ramazon-2020. Ramazon solnomasi

'#Ramazon-2020. Ramazon solnomasi'ning rasmi

Bandalariga ro`za tutishni farz qilgan Alloh taologa hamdu sanolar, Ro`za amallarini go`zal tarzda ado qilishda yo`lboshchi bo`lgan Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salovot va salomlar bo`lsin.

Albatta, Ramazon islomiy oylar ichida fazilatlarga boy va barakali oylardan hisoblanadi. Bu oyda hidoyat qo`llanmasi bo`lgan Qur`oni Karimning nozil bo`lishi ham, bu oyning eng afzal oy ekaniga dalolat qiladi. Shuningdek, bu oyning fazilati va barkasi borasida  Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan juda ko`plab hadisi-shariflar rivoyat qilingan.

قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ:  إِذَا دَخَلَ رَمَضَانُ فُتِّحَتْ أَبْوَابُ الجَنَّةِ ، وَغُلِّقَتْ أَبْوَابُ جَهَنَّمَ ، وَسُلْسِلَتِ الشَّيَاطِينُ  رواه البخاري (3277) ، ومسلم (1079).

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazon oyi kelishi bilan jannat eshiklari ochilib, do`zax eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi» - dedilar. Muttafaqun a`layh.

Haqiqatda, Ramazon oyining fazilatlari va barakotlari juda ham ko`p. Bu borada juda ko`p mavi`zalarda eshitib, ko`plab maqolalar orqali xabardor bo`lganmiz. Lekin, bugun e`tiborimizni boshqa tomonga qaratamiz. Ya`ni, bu oyning fazilatlari ko`p bo`lish  bilan birga, tarixda bu ulug`  kunda juda ko`plab muhim tarixiy voqealar bo`lib o`tgan. Quyida ularni birma- bir sanab o`tamiz.

Ramazonning birinchi kuni:

1) 2-hijriy yil Dushanba. Musulmonlar birinchi marta ramazon ro`zasini tutdilar.

2) Ibrohim alayhissalomga ilohiy sahifalar tusha boshlagan.

3) Hijriy 73-yil. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu vafot etdilar.

4) Hijriy 91- yil. Andalusni fath qilish boshlangan.

5)  Hijriy 472- yil. Abu Ali ibn Sino vafot etdi.

Ramazonning ikkinchi kuni:

1) Hijriy 65-yil. Abdumalik ibn Marvon Umaviy xalifa etib tayinlandi.

Ramazonning uchinchi kuni:

1) Hijriy 11- yil. Fotimai Zahro roziyallohu anho vafot etdilar.

2) Hijriy 37- yil. Tahkim voqeasi bo`lib o`tdi.

Ramazonning to`rtinchi kuni:

1) Hijriy 1- yil. Hamza roziyallohu anhu birinchi sariyaga chiqdilar.

2) Hijriy 666 - yil. Antokiya Slavyanlardan qaytarib olindi.

Ramazonning oltinchi kuni:

1) Muso alayhissalomga Tavrot sahifalari tusha boshladi.

2) Hijriy 63- yil. Musulmonlar Sind shahrini fath qildilar.

Ramazonning ettinchi kuni:

1) Hijriy 361- yil. Al-Azhar universiteti ochildi.

Ramazonning sakkizinchi kuni:

1) Hijriy 273- yil. Ibn Moja rohimahulloh vafot etdilar.

2) Hijriy 455- yil. Alp Arslon Saljuqiylar voliysi etib tayinlandi.

Ramazonning o`ninchi kuni:

1) Payg`ambarlikning 10-yili, hijratdan 3 yil avval. Xadiyja roziyallohu anhu vafot etdilar.

2) Hijriy 485-yil. Nizomul mulk Abul Hasan Aliy ibn Ishoq o`ldirildi.

Ramazonning o`n birinchi kuni:

1) Hijriy 3-yil. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Zaynab binti Xuzayma roziyallohu anhoga uylandilar.

2) Hijriy 9-yil. Saqif qabilasi elchilari Rosululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida bo`ldi.

3) Hijriy 95- yil. Sai`d ibn Jubayr vafot etdilar.

4)  Hijriy 624- yil. Chingizxon vafot etgan.

5) Hijriy 922- yil. Sulton Salim Damashqni fath qildi.

Ramazonning o`n ikkinchi kuni:

1) Hijriy 597- yil. Ibn Javziy rohimahulloh vafot etdilar.

Ramazonning o`n uchinchi kuni:

1) Hijriy 15-yil. Umar roziyallohu anhu Shomni egalladilar  

2) Hijriy 40- yil. Abu Luboba roziyallohu anhu vafot etdilar.

Ramazonning o`n to`rtinchi kuni:

1) Hijriy 132-yil. Abbosiylar Umaviylar poytaxti Damashqqa hujum qilishdi.

2) Hijriy 612- yil. Ibn Atoulloh Sakandariy tavallud topdilar.

Ramazonning o`n beshinchi kuni:

1) Hijriy 3-yil. Hasan ibn Aliy roziyallohu anhu dunyoga keldilar.

2) Hijriy 37-yil. Muhammad ibn Abu Bakr roziyallohu anhu Misrga voliy etib tayinlandilar.

3) Hijriy 383- yil. Abu Bakr Xorazmiy vafot etdilar.

4) Hijriy 543- yil. Fahriddin ar-Roziy dunyoga keldilar.

Ramazonning o`n ettinchi kuni:

1) Hijriy 2-yil. Katta Badr g`azoti bo`lib o`tdi.

2) Hijriy 2-yil. Ruqayya (roziyallohu anho) binti Rosululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar.

3) Hijriy 85-yil. Mo`minlar onasi Oyisha roziyallohu anho vafot etdilar.

4) Hijriy 124- yil. Muhammad ibn Muslim az-Zuhriy vafot etdilar.

Ramazonning o`n sakkizinchi kuni:

1) Hijriy 21- yil. Xolid ibn Valid vafot etdilar.

2) Hijriy 560- yil. Muhyiddin ibn Arabiy dunyoga keldi.

Ramazonning yigirmanchi kuni:

1) Hijriy 8-yil Makka fath qilindi.

2) Hijriy 652- yil. Sayfuddin Qutuz dunyoga keldilar.

Ramazonning yigirma birinchi kuni:

1) Hijriy 40- yil. Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhu vafot etdilar.

2) Hijriy 95- yil. Hajjoj ibn Yusuf as-Saqofiy dunyoga keldi.

3) Hijriy 1353- yil. Fors yurti Eron davlati deb o`zgartirildi.

Ramazonning yigirma uchinchi kuni:

1) Hijriy 9-yil Musulmonlar «Lot» nomli butni buzib tashlashdi.

2) Hijriy 26- yil. Yazid ibn Muoviya tug`ildi.

Ramazonning yigirma to`rtinchi kuni:

1) Hijriy 20- yil. Amr ibn Os masjidini qurish boshlandi.

Ramazonning yigirma beshinchi kuni:

1) Hijriy 8-yil. Xolid ibn Valid roziyallohu anhu «Uzzo» nomli ibodatxonani buzib tashladilar.

2) Hijriy 129-yil. Abu Muslim Xurosoniy Umaviylarga qarshi qo`zg`olon boshladi.

3) Hijriy 544- yil. Faxruddin ar-Roziy tavallud topdilar.

4) Hijriy 658- yil. «Ayni jolut» jangi bo`lib o`tdi.

Ramazonning yigirma oltinchi kuni:

1) Hijriy 762- yil. Badruddin Ayniy rohimahulloh dunyoga keldilar.

Ramazonning yigirma ettinchi kuni:

1) Hijriy 927- yil. Belgrad fath etildi.

Ramazonning yigirma sakkizinchi kuni:

1) Hijriy 2-yil. Zakot farz bo`ldi.

Ramazonning yigirma to`qqizinchi kuni:

1) Hijriy 1425- yil. Yosir Arafot vafot etdi.

Ramazonning o`ttizinchi kuni:

1) Hijriy 256- yil. Imom Buxoriy vafot etdilar.

2) Hijriy 384- yil. Imom ibn Hazm dunyoga keldilar.

 

Muhammad Ali Muhyiddin.

    Boshqa yangiliklar