AsosiyJamiyat

«Isuzu motors» delegasiyasi rasmiy tashrif bilan yurtimizda bo`ladi

Joriy yilning 28-31 iyul kunlari Yaponiyaning «Isuzu motors» va «Itochu corporation» kompaniyalari vakillaridan iborat delegasiyasi rasmiy tashrif bilan yurtimizda bo`ladi.

Delegasiya a`zolari yurtimizga tashrifi davomida “O`zavtosanoat” AK, xususan Samarqand avtomobil zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishishni hamda o`zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko`tarishni ko`zda tutishgan. Yaponiyaning «Isuzu motors ltd» kompaniyasi tijoriy transport vositalari hamda dizel dvigatellarini ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, o`zining tijoriy faoliyatini 1999 yilning mart oyida boshlagan Samarqand avtomobil zavodi 2006 yilda Yaponiyaning «Isuzu motors ltd» kompaniyasi bilan hamkorlikni yo`lga qo`ygan. 2007 yilning yanvar oyidan boshlab “SamAuto” zavodining ishlab chiqarish quvvatlarida «ISUZU» shassisi asosida harakatlanuvchi tijoriy avtomobillarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar