AsosiyJamiyat

Mast haydovchi taksi to`xtatayotgan piyodani urib ketdi

'Mast haydovchi taksi to`xtatayotgan piyodani urib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 14 may kuni soat 11:15 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi tuman, Uzunnova qishlog`idan o`tuvchi “G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo`lida YTH sodir bo`ldi. Ya`ni "Paz 3742” avtobusini boshqarib kelayotgan mast haydovchi yo`l chetida taksi to`xtatmoqchi bo`lib turgan fuqaroni urib yuborgan.  Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha shirakayf bo`lgan haydovchi “Paz 3742” rusumli transport vositasida “KAR-VASh” nomli yoqilg`i quyish shaxobchasidan qaytib chiqayotgan bo`lgan.  Shu vaqtda orqaga harakatlanayotganda yo`lning chetida taksi to`xtatish maqsadida turgan 1995 y.t. D.R.ni ko`rmay qolgan.

Natijada, piyoda D.R. (erkak) og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qarshi tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Barcha yo`l harakati ishtirokchilaridan yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga amal qilishlarini, haydovchilar transport vositasini mastlik holatida boshqarmasliklarini so`rab qolamiz", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar