Bugun, 16 may kuni soat 11.15 da Xalqaro press-klub Guliston shahridan to`g`ridan-to`g`ri efirga chiqadi.
Xalqaro press-klubning mazkur sayyor sessiyasi 1 may kuni Sardoba toshqini va ayni paytda halokat oqibatlarini yumshatish hamda bartaraf etish borasida qilinayotgan ishlar sarhisobiga bag`ishlanadi. Bu haqda platformauzb kanali o`z manbalriga asoslanib xabar tarqatdi.
Ma`lumotga ko`ra, quyidagi mansabdorlar tadbir spikeri sifatida ishtirok etishadi:
moliya vaziri Temur Ishmetov;
mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov;
iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirining birinchi o`rinbosari Ilhom Norqulov;
qurilish vazirining birinchi o`rinbosari Sherzod Hidoyatov;
investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o`rinbosari Aziz Voitov;
qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari Shuhrat Teshaev
suv xo`jaligi vaziri o`rinbosari Vohidjon Ahmadjonov;
uy-joy-kommunal xo`jalik vaziri o`rinbosari Nazirjon Nazirov;
Prezident maslahatchisi o`rinbosari – Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa`dullaev;
mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi Bahrom Zulfiqorov.
Shuningdek, Bosh prokurorning matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi Hayot Shamsuddinov ham spiker sifatida qatnashishi va “Sardoba ishi” bo`yicha dastlabki xulosalarni e`lon qilishi kutilmoqda.