AsosiyJamiyat

Sardobadagi falokat oqibatida 6 kishi vafot etgan, bir kishi bedarak yo`qolgan

'Sardobadagi falokat oqibatida 6 kishi vafot etgan, bir kishi bedarak yo`qolgan'ning rasmi

Shu yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi "Sardoba" suv ombori dambasining yorilishi natijasida yuz bergan suv toshqinida necha kishi qurbon bo`lgani ma`lum qilindi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig`i Komiljon Saidjonovning so`zlariga ko`ra, ushbu falokat oqibatida 6 kishi — 2 nafar ayol, 4 nafar erkak halok bo`lgan. Bir kishi bedarak yo`qolgan.

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i Shavkat Mavlonovga tayanib "Daryo" yozishicha, qurbonlarning ikki nafari — er-xotin, ular toshqin vaqtida dalada bo`lgan. Ularning ikkisi ham suvda oqib ketgan. Yana bir qurbon — qo`l-oyog`ida nogironligi bo`lgan fuqaro. U uyida bir o`zi qolib ketgan. Yana bir qurbon toshqindan bir kun avval Qozog`istondan kelgan. Beshinchisi qurbon esa Milliy gvardiya xodimi bo`lgan. Bedarak yo`qolgan fuqaro ham Milliy gvardiya xodimi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar