AsosiyJamiyat

Toshkent islom institutida qabul imtihonlari bo`lib o`tdi

Joriy yilning 23-24 iyul kunlari O`zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Toshkent islom institutida 2015-2016 o`quv yili uchun “Ma`naviyat va ma`rifat” va “Chet tili” fanlari bo`yicha ijodiy imtihon bo`lib o`tdi. 

2015-2016 o`quv yili uchun Toshkent islom institutiga jami 334 nafar abiturient hujjat topshirgan bo`lib, shundan 69 nafari ayol-qizlarni tashkil etadi.

Qabul imtihonlari ikki bosqichda o`tkazilishi belgilangan bo`lib, ikkinchi bosqich imtihonlari “Ona tili va adabiyoti” va “O`zbekiston tarixi” fanlari bo`yicha test sinov shaklida bo`lib o`tadi. 
Qabul imtihonlarining xolis va adolatli o`tkazilishini ta`minlash maqsadida Toshkent islom universiteti, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va O`zbekiston milliy universitetining malakali professor-o`qituvchilari jalb qilindi.
Eslatib o`tamiz, Toshkent islom institutida 2015-2016 o`quv yili uchun qabul imtihonlarining test sinovlari joriy yilning 1 avgust kuni o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar