Mehnat daftarchasi qanday hujjat? unga nimalar yoziladi va nimalar yozilmaydi? Huquqiy axborot kanalida ushbu savollarga javob berildi.
Javob: Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.
Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, o`rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.
Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o`tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to`g`risidagi ma`lumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga ko`ra mehnat daftarchasiga o`rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ishga o`tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.