AsosiyJamiyat

Yuqori harorat va qisqa muddatli yomg‘irlar...

Iyun oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

'Yuqori harorat va qisqa muddatli yomg‘irlar...'ning rasmi

O‘zbekiston bo‘ylab yoz fasli quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi. "O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 1–7 iyun kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati +35…+38 darajagacha, ayrim hududlarda esa +40 darajagacha ko‘tariladi. Oy oxirigacha harorat +25…+41 daraja oralig‘ida o‘zgarib turadi, ba’zi kunlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Mutaxassislar global isish va “El-Nino” hodisasi ta’sirida bu yilgi yoz fasli nisbatan issiq bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Okean yuzasi harorati hanuz yuqori bo‘lib, bu atmosferaga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, jahon prognozlash markazlarining dastlabki baholariga ko‘ra, yozgi harorat me’yordan biroz yuqori bo‘lishi kutilmoqda. 

Shunga qaramay, mutaxassislar yoz davomida haddan tashqari issiq kunlar bilan birga, nisbatan salqin davrlar ham kuzatilishini ta’kidlamoqda. Bu holat O‘zbekistonning quruq va kontinentallik xususiyatiga mos keladi. Oxirgi 50 yil ichida esa yozgi haroratning barqaror o‘sishi kuzatilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda “Damas” hamda “Skuter” ishtirokida dahshatli YTH sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:38

    '"Ijtimoiy norma" qancha gaz va elektrni tejadi?'ning rasmi

    Jamiyat 02.06.2025 18:35

    "Ijtimoiy norma" qancha gaz va elektrni tejadi?

    Joriy etilgan ijtimoiy iste’mol normasiga asoslangan yangi tarif siyosati doirasida uy xo‘jaliklarining energiya iste’moliga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi.

    'O‘zbekistonda tarvuz-qovundan zaharlanib, vafot etish holatlari qayd etilgani rad etildi'ning rasmi

    Jamiyat 02.06.2025 18:24

    O‘zbekistonda tarvuz-qovundan zaharlanib, vafot etish holatlari qayd etilgani rad etildi

    Ijtimoiy tarmoqda qovun va tarvuz mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida bir necha fuqaroning vafot etganligi to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritildi.

    'Jarima ballaridan onlayn xabardor bo‘lish imkoniyati yaratildi'ning rasmi

    Jamiyat 02.06.2025 18:11

    Jarima ballaridan onlayn xabardor bo‘lish imkoniyati yaratildi

    Xabaringiz bor, 1 iyundan boshlab qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini hisoblash boshlandi.

    'Navoiyda "Qizil kitob"ga kiritilgan 15 ta ilonni noqonuniy olib ketayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 02.06.2025 17:58

    Navoiyda "Qizil kitob"ga kiritilgan 15 ta ilonni noqonuniy olib ketayotgan shaxs ushlandi

    Qo‘shni davlat fuqarosi ilonlarni respublikadan olib chiqmoqchi bo‘layotganda, "Navoiy" chegara bojxona postida to‘xtatib qolingan.

    'Toshkentda haydovchi tez yordamga yo‘l bermadi'ning rasmi

    Jamiyat 02.06.2025 17:39

    Toshkentda haydovchi tez yordamga yo‘l bermadi

    Jamoatchilik yengil jazoga norozilik bildirdi.