Ta’kidlanishicha, bu qoida yangidan joriy qilingan emas. Aksincha, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasida ancha oldindan mavjud bo‘lib, unga ko‘ra NNTlar faoliyati bilan bog‘liq xorijiy safarlar haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilishi shart.
2025 yil 26 mayda qabul qilingan vazir buyrug‘iga ko‘ra, bu jarayonni elektron tarzda amalga oshirish mexanizmi aniqlashtirildi. Endi NNTlar e-ngo.uz platformasi orqali faqatgina elektron xabarnoma yuborishi kifoya.
Bu jarayon:
▪️ Yangi majburiyat yuklamaydi;
▪️ Xorijiy safarlarga ruxsat olish shart emas;
▪️ Adliya organlari xabarnomalarni faqat ma’lumot va statistika uchun qabul qiladi;
▪️ NNT faoliyatiga hech qanday cheklov yoki ruxsat olish talabini joriy etmaydi.
Adliya vazirligi OAV va foydalanuvchilardan bunday masalalarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni so‘ragan.