AsosiyJamiyat

Buxoroda 20 nafar bolani Damas'da bog‘chaga olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Yana boshqa bir holatda Damas'da 16 nafar bola bilan harakatlanayotgan haydovchi qo‘lga tushdi.

'Buxoroda 20 nafar bolani Damas'da bog‘chaga olib ketayotgan haydovchi ushlandi'ning rasmi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida ikki holatda Damas mashinasiga 20 va 16 nafar bolani yuklab, bog‘chaga olib ketayotgan haydovchilar to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi yo‘lovchi tashish qoidalariga zid ravishda, bir o‘rindiqqa 3-4 nafar bolani o‘tqazgan.

Qolaversa, tumanning yana bir hududida Damas avtomashinasida 16 nafar bolani tashilayotgani aniqlangan. Bunday holatga yo‘l qo‘ygani uchun maktabgacha ta’lim tashkilotining mutassaddilari, haydovchilar va bolalarning ota-onalariga tushuntirishlar berilgan.

Ikki holatda ham haydovchilar o‘z qilgan ishlaridan afsusda ekanligi va bu ishni qaytib takrorlanmasligini bilidirgan. Qolaversa, ularga qonun doirasida choralar ko‘rilgan.

Shu bilan birga, ikkala maktabgacha ta’lim tashkilotida ham tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari ishtirokida muhokamalar olib borilgan.

    Boshqa yangiliklar