2020 yil 17 may kuni soat taxminan 19:00 lar atrofida Chiroqchi tumanida “Matiz” rusumli avtomashinaning yo`ldan chiqib ketishi natijasida avtohalokat sodir bo`lgan.
Oqibatda mashinada yo`lovchi sifatida ketayotgan 41 yoshli ayol – Q.L. voqea joyida vafot etdi.
4 kishi (mashina haydovchisi bo`lgan ayol – 34 yoshli Q.N., 7 yoshli M.U., 5 yoshli M.O. va 4 yoshli A.A.) jarohatlanib, tuman shoshilinch tibbiy yordam bo`limiga olib kelindi. Ular standart bo`yicha tekshiruvlardan o`tkazilib, tibbiy yordam ko`rsatildi. Ayni paytda ularning barchasi o`rta og`ir holatda.