AsosiyJamiyat

Pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq raqamlashtiriladi

Pensiya va g‘aznachilik faoliyatida zamonaviy xizmatlar joriy etiladi.

'Pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq raqamlashtiriladi'ning rasmi

“Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-105-son, 26.06.2025 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 Farmonga ko‘ra, pensiya va g‘aznachilik faoliyatiga zamonaviy xizmatlarni joriy etishning asosiy yo‘nalish va maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  •  g‘aznachilik va pensiya ta’minoti tizimlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali hududlarda ixcham xizmat ko‘rsatish ofislarini tashkil etish;
  •  fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni to‘liq elektron va proaktiv shaklga o‘tkazishga erishish.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan g‘aznachilik tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga Raqamli g‘azna tizimi joriy etiladi.

 2026 yil 1 dekabrdan pensiya tizimida quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali:

  •  fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlarga asosan pensiya miqdorlarini oldindan aniqlash bo‘yicha “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi;
  •  pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq proaktiv, elektron hamda interaktiv shaklga o‘tkaziladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 22:17

    O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda

    "O‘zgidromet" tezkor gidrometeorologik axborotni e’lon qildi.

    'Euronews Toshkentda yangi vakolatxonasini ochdi'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 21:32

    Euronews Toshkentda yangi vakolatxonasini ochdi

    Dunyoning nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri — Euronews vakolatxonasining ochilish marosimi bugun bo‘lib o‘tdi.

    '843 nafar fuqaroni aldagan guruh qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 20:19

    843 nafar fuqaroni aldagan guruh qo‘lga olindi

    Bir guruh shaxslar 25 ta firma (MCHJ) tashkil etib, avtomashina yetkazib berish va’dasi bilan fuqarolar bilan shartnoma tuzishgan. Ulardan 50,1 mlrd so‘m yig‘ilgan bo‘lib, shartlar bajarilmagan.

    'Sirdaryoda uxlab qolgan haydovchi "Lacetti"si bilan temir to‘siqqa urildi'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 18:50

    Sirdaryoda uxlab qolgan haydovchi "Lacetti"si bilan temir to‘siqqa urildi

    Oqibatda ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Yutong rusumli transport vositasi Lacetti'ga borib to‘qnashgan.

    'Dollarning rasmiy kursi yana o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 16:08

    Dollarning rasmiy kursi yana o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'O‘zbekistonda yosh rahbarlar ulushi 65 foizga oshdi'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 14:53

    O‘zbekistonda yosh rahbarlar ulushi 65 foizga oshdi

    Bandlik, Maktab, Oliy ta’lim vazirliklariga “Harakatda daromad” elektron tizimini yaratib, ta’tildagi 3 million yoshlarni malaka talab qilmaydigan ishlar bilan band qilish topshirildi.