1

Koronavirus odam organizmida immunitet pasayganida yoki gripp mavsumida qaytalanishi va asoratlari yangilanishi mumkinmi?

Salomatlik 18.05.2020, 17:03
Koronavirus odam organizmida immunitet pasayganida yoki gripp mavsumida qaytalanishi va asoratlari yangilanishi mumkinmi?

Koronavirus odam organizmida sitomegalovirus yoki gepatit viruslari kabi uzok muddat saqlanib qolishi mumkinmi? Immunitet pasayganda yoki gripp mavsumida qaytalanishi va asoratlari yangilanishi mumkinmi?

Ushbu savolga bugun AOKA shtabida o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:

"- Olimlar koronavirus kasalligi faol shakldan surunkali shaklga o`tishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Ehtimol so`nggi bir necha oy ichida Xitoyda infeksiyaning qaytalanishi bunga sabab bo`lgandir.

 Rossiyalik mutaxassislarning yana bir gipotezasi shundaki, yangi shtamm yuqori tezlikda mutasiyaga uchraydi va odam organizmi unga qarshi antitanachalarni ishlab chiqarishga ulgurmaydi, shuning uchun qayta kasallanish ro`y berishi mumkin.

Shuningdek, qayta yuqtirganlik haqidagi ma`lumotlar test sinovlaridagi xatolar bilan bog`liq bo`lishi mumkin, dedi  Nurmat Otabekov.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1