AsosiyJamiyat

Bedarak yo`qolgan xorazmlik erkakni topishda yordam berganlar moddiy rag`batlantiriladi

'Bedarak yo`qolgan xorazmlik erkakni topishda yordam berganlar moddiy rag`batlantiriladi'ning rasmi

Xorazm viloyati Hazorasp tumani “Temirchi maskani” mahallasida yashab kelgan, 1986 yil 6 dekabrda tug`ilgan Qodirov Temurbek Allaberganovich qidirilmoqda. T.Qodirov 2020 yil 27 mart kuni  90 W 854 LA davlat raqam belgili “TIKO” rusumli avtomashinada uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib bedarak yo`qolgan.

Ichki ishlar vazirligi ushbu fuqaroni topishda yordam berishni so`ramoqda. 

Temurbek Qodirovning qaerdaligini bilgan yoki u to`g`risida biron-bir ma`lumotga ega bo`lgan shaxslardan quyidagi telefon raqamlari orqali ichki ishlar organlariga xabar berishlaringiz mumkin.

Tel: 102; 97-459-36-36; 99-967-92-90;

Xabar bergan shaxsning ismi-sharifi sir saqlanishi kafolatlanadi va moddiy rag`batlantiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar