1

Telegramda sevishgan qizlarining kiyimsiz rasmlarini tarqatib yuborish bilan qo`rqitgan va pul udirgan shaxs qo`lga olindi (video)

Jinoyat 18.05.2020, 22:34
Telegramda sevishgan qizlarining kiyimsiz rasmlarini tarqatib yuborish bilan qo`rqitgan va pul udirgan shaxs qo`lga olindi (video)

Bugungi internet rivojlangan bir davrda taraqqiyot imkoniyatlaridan ezgulik emas johillik yo`lida foydalanayotganlar ham bor. Ana shundaylardan biri yaqinda qo`lga tushdi. Bu kimsa Telegram tarmog`i orqali qiz va ayollar bilan tanishib, ularga yolg`on-yashiq sovgi izhor qilib, uylanaman deb aldab pullarini shilib kelgan. 

Bu maqsadda hatto eng tuban, yigit degan nomga noloyiq hatti-harakatlardan ham tap tormagan. Uning aldovlariga uchib, bir nechta "qiz"lar suratlarini ham yuborgan. Bu shaxs esa qizlarning kiyimsiz rasm va videolarini internetda tarqatib yuborish bilan qo`rqitib, ulardan pul talab qilgan. Bir qancha mablag`larni shu yo`l bilan qo`lga kiritib, o`z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

"Qing`ir ishning qiyig`i qirq yil bo`lsa ham chiqadi" deganlaridek, uning tahdidlaridan bezgan qizlar IIBga murojaat qilishgan. Natijada ushbu "uddaburon" qo`lga olindi. 

U 27 yoshli Said ismli "erkak" bo`lib chiqdi. Mazkur shaxs bugun qilgan ishining yomonligini bilmay qolganini iddao qilmoqda. Bu haqda O`zreport.tv IIV bilan hamkorlikda ko`rsatuv tayyorladi. Video: 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1