2015 yilning birinchi yarim yilida “O`zbekiston havo yo`llari” samolyotlari orqali 11575 ta qatnov bajarildi. Milliy aviakompaniya xizmatlaridan 1 mln.235 ming yo`lovchi foydalandi, deya xabar beradi kompaniya axborot xizmati.
MAK joriy yilning mart oyidan yuk samolyotlariga qaytadan jihozlangan ikkita Boing samolyotlari ekspuatasiyasini boshladi, bu “Navoiy” XILM orqali yuk tashuvlari hajmini oshirish imkonini berdi. Toshkent-Minsk-Toshkent muntazam qatnovi ochildi. Aviakompaniya xodimlari tomonidan turistlar oqimini jalb qilish va O`zbekistonda turizmni rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib borildi.
Respublikamiz rahbariyati tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq MAK da 12 ta investision loyihalar amalga oshirilmoqda. Ularda samolyotlar parkini yangilash, Boeing 787 Dreamliner’ga texnik xizmat ko`rsatish uchun angar va “Toshkent-4” yangi yo`lovchi terminalini qurish, aeroportlarning er usti infratuzilmasini rivojlantirish va ularni maxsus aeroport texnikasi va texnik vositalar bilan jihozlash ko`zda tutilgan.





