AsosiyJamiyat

Sirdaryoda xayriya qilib berilgan buyumlar yoqib yuborildimi?

Bugun tarmoqlarda yoqib yuborilgan buyumlarning surati tarqaldi. Suratlarning izohida talo...

'Sirdaryoda xayriya qilib berilgan buyumlar yoqib yuborildimi?'ning rasmi

Bugun tarmoqlarda yoqib yuborilgan buyumlarning surati tarqaldi. Suratlarning izohida talofatdan zarar ko`rganlarga xayriya sifatida yuborilgan buyumlar yoqib yuborilayotgani bildirilgan. FVVning telegram kanalida ma`lum qilinishicha, Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida talofat oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. 

Xususan, u erlar suvdan holi etilib, quruq holatga keltirilgan. Sirdaryoda hozirda ikkilamchi ishlar amalga oshirilayotgani ma`lum qilingan. Toshqin natijasida zarar etkan buyumlarni hududdan olib chiqib ketish va yo`qotish ishlari olib borilmoqda.

"Chunki bunday vositalar qayta foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanib, sanitariya-gigiena talablariga javob bermaydi", - deyiladi axborotda.

Bundan guvohi bo`lishimiz mumkinki, suratda yoqib yuborilgan buyumlar xayriya qilib berilgan narsalar emas, balki yaroqsiz holga kelib qolgan mahalliy aholining buyumlaridir.
 

Sirdaryoda xayriya qilib berilgan buyumlar yoqib yuborildimi?

    Boshqa yangiliklar