AsosiyJamiyat

Pushkin haykali poytaxtimizning qulayroq joyiga ko`chiriladi

O`zbekiston rus milliy madaniyat markazi vakillari Toshkent shahar hokimligiga A.S.Pushkin haykalini poytaxtimizning yanada qulayroq joyiga ko`chirish haqida iltimos bilan murojaat qilgan.

Toshkent shahar hokimligida bo`lib o`tgan brifingda jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillariga shahar hokimligi A.S.Pushkin haykalini restavrasiya ishlaridan so`ng poytaxtimiz markazidagi boshqa – yanada qulayroq joyga ko`chirish haqida qaror qabul qilgani ma`lum qilindi.

Jamoatchilik vakillari bugungi kunda shoir haykalining shahardagi ikki serqatnov ko`cha o`rtasida ekanligi uning xotirasiga bag`ishlab tadbirlar o`tkazishda muayyan muammolar paydo qilayotganiga e`tibor qaratgan. Bu erda avtomobillar to`xtash joyi yo`q, yo`l-transport hodisasi yuz berish xavfi ham yuqori.

Bu Shota Rustaveli va Bobur ko`chalari kesishgan joydagi xiyobondir. Ushbu xiyobonda keng ko`lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Arxitektorlar taklifiga binoan haykal oldingidan ham balandroq supaga o`rnatiladi. Bu erda go`zal arxitektura ansambli yaratiladi.

A.S.Pushkin haykali o`rnatilgan xiyobon poytaxtimiz aholisi va mehmonlari uchun yana bir diqqatga sazovor maskanga aylanadi. 

    Boshqa yangiliklar