1

Chortoqdagi kanaldan oqib ketayotgan ayol jasadining shaxsi aniqlandi (video)

Jamiyat 20.05.2020, 18:18
Chortoqdagi kanaldan oqib ketayotgan ayol jasadining shaxsi aniqlandi (video)

Sal avval, Namangan viloyati Chortoq tumanidan oqib o`tuvchi kanalda ayol kishining jasadi oqib ketayoganligi tasvirlangan videoyozuv tarqalgani va bu bo`yicha tekshiruv boshlangani haqida xabar qilgan edik. 

Ayni paytda Bosh prokuratura Matbuot xizmatining "darakchi.uz"ga ma`lum qilishicha, ayolning shaxsiga aniqlik kiritildi. 

Keltirilishicha, Chortoq tuman IIB Navbatchilik qismining 2020 yil 20 may kuni  soat 11:00larda bergan xabariga ko`ra, shu kuni soat 10:30larda Chortoq tuman, Komillik MFY, Yaxshi niyat ko`chasidan oqib o`tgan Katta Namangan kanalidan yoshi taxminan 20-22 yoshlar atrofida shaxsi noma`lum ayol kishining jasadi tashqi tan jarohatlarisiz topilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu topilgan shaxsi noma`lum ayol kishi jasadi Chortoq tumani, Tengdosh MFY yashagan 2000 yilda tug`ilgan O.S. ekanligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan voqea joyiga Chortoq tuman prokuraturasi va IIB hodimlaridan iborat tezkor tergov guruhi a`zolari chiqishgan.  

Marhumani o`limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.  

Yangiqo`rg`on tumanlararo STEBning 20.05.2020 yildagi dastlabki ma`lumotiga ko`ra, marhumani o`limi yuqori nafas yo`llarini suyuqlik (suv) bilan berkilishi, obturasion asfiksiya asorati o`pka miya shishi sabab bo`lganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan hozirda Chortoq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1