AsosiyJamiyat

Singapurlik shifokorlar tug`ma nuqsonli bolalarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishadi

Bugungi kunda “Sog`lom avlod uchun” fondi Singapur Respublikasi bilan bir qator sog`lomlashtirish dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu xayrli ishlarni davom ettirish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 12 avgustdagi №10/1-3331-sonli tasdiqlangan Dasturi doirasida “Smile Asia” xayriya tashkilotining mutaxassislari (31 nafar plastik jarroh, anesteziolog, pediatr, ortodantist, logoped, tibbiyot hamshiralari va boshqa mutaxassislar) 17 avgust kuni Farg`ona viloyati bolalar ko`ptarmoqli tibbiyot markazi (Farg`ona shahri Alisher Navoiy ko`chasi 56-uy))da yuqori lab va qattiq tanglayning tug`ma nuqsonlari bo`lgan bemor bolalarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishadi. 18-20 avgust kunlari Farg`ona viloyati bolalar ko`ptarmoqli tibbiyot markazi yuqori lab va qattiq tanglayning tug`ma nuqsonlari bo`lgan bolalarda jarrohlik amaliyotlari o`tkaziladi va bemor bolalar sog`lomlashtiriladi. Shuningdek Singapur Respublikasidan kelgan ushbu delegasiya a`zolari o`zlari bilan olib kelgan dori-darmon va sanitariya-gigiena vositalari yordamida qo`yilgan tashxislar asosida bemorlarni davoladilar.

Ma`lumot o`rnida aytib o`tish kerakki, 2014 yil 13-19 noyabr kunlari “Operation Smile” xayriya tashkiloti Singapur Respublikasidagi bo`limi shifokorlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida yuqori lab va qattiq tanglayning tug`ma nuqsonlari bo`lgan 65 nafar bemor bolalarni jarrohlik yo`li bilan sog`lomlashtirishdi.

“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ushbu tadbirni amalga oshirishda yaqindan yordam bergan barcha tashkilot va xomiylarga, ommaviy axborot vositalari orqali yoritishda ko`maklashgan jurnalist va muhbirlarga o`zining minnatdorchiligini bildiradi.

 

    Boshqa yangiliklar