Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi ertaga, 23 may kuni tashkil etiladigan charter reys haqida xabar berdi.
Unga ko`ra ertaga soat 13.00 da Toshkent — Novosibirsk — Toshkent reys tashkil etiladi.
Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.
Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.
Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.
O`zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo`lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.
Novosibirsk shahridan charter reys orqali 271 nafar fuqaroning uchib kelishi rejalashtirilmoqda.
Ro`yxatdagi fuqarolardan “Tolmachevo” xalqaro aeroportiga 23 may kuni soat 12:00 ga etib borishi so`ralgan.