1

YouTube rasmiy axborot manbalari koronavirus to`g`risida JSST xabarlariga zid ma`lumotlаrni joylashni taqiqladi

Hi-tech 22.05.2020, 21:31
YouTube rasmiy axborot manbalari koronavirus to`g`risida JSST xabarlariga zid ma`lumotlаrni joylashni taqiqladi

YouTube rasmiy axborot manbalari — Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti va mahalliy sog`liqni saqlash idoralarining koronavirus to`g`risidagi xabarlariga zid bo`lgan ma`lumotlar aks etgan materiallarni joylashni taqiqladi. Bu haqda AOKA telegram kanalida ma`lumot berildi.

Jumladan quyidagi mavzulardagi axborotlarni tarqatish taqiqlangani aytilmoqda:

muayyan millat yoki irq odamlari COVID-19 ga qarshi immunitetga ega ekanligi to`g`risida;

xalq tabobati bilan davolanishga va kasal bo`lganda tibbiy yordam so`ramaslikka oid chaqiriqlar;

nafas siqilishi — organizmda koronavirus borligining ishonchli alomati ekani to`g`risida;

koronavirus yuqtirish ehtimoli tufayli Osiyo taomlarini tanovul qilmaslik haqida;

COVID-19 kasalligi 5G tarmog`i orqali tarqalishdan kelib chiqqani to`g`risida;

kasallik issiq iqlimli mamlakatlarda tarqamasligi haqida;

ijtimoiy masofa va izolyasiyalanish virus tarqalishini to`xtatish bo`yicha samarali vosita emasligi to`g`risidagi videolar.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1