AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari og`ir ahvolda

'O`zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari og`ir ahvolda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 3078 nafarga etdi. 2492 nafar, ya`ni 81 foiz bemor to`liq sog`aygan. Sog`liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma`lumotga ko`ra, shifoxonalarda 573 bemor davolanmoqda, 4 nafarining ahvoli og`ir.

Hurmatli yurtdoshlar!

Bizga qo`shni davlatlar, xususan Afg`oniston, Qirg`iziston, Tojikiston Respublikalarida koronavirus kasalligi bo`yicha epidemik vaziyat o`ta murakkabligicha saqlanib turibdi.

Karantin tadbirlari davom etyotganini bila turib guruh-guruh bo`lib to`planish, xonadonma xonadon yurish, ko`chaga doka niqoblarsiz chiqish yoki uni taqish qoidalariga rioya etmaslik, uyga qaytganimizda qo`llarimizni antiseptik vositalar bilan zararsizlantirmaslikning oqibatlari yaxshi bo`lmaydi. Bir birimizni bayram bilan qutlagimiz, ko`rishgimiz, bag`rimizga bosgimiz keladi. Lekin hozir buning mavridi emas. Aynan mana shu harakatlarimiz epidemik vaziyatni murakkablashtirib yuborishi mumkinligini yoddan chiqarmang.

Atrofimizda kasallikka chalinganlar yo`qligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Ikki kun oldin Navoiy viloyatida 15 holatda, Samarqand viloyatida 13 holatda aholi orasida koronavirus kasalligi aniqlandi. Buni yuqoridagi fikrlarimizning isboti sifatida qabul qilishingizni so`rardik.

    Boshqa yangiliklar