AsosiyJamiyat

FVV:Gaz quvuridagi avariyada hech kim jabrlanmadi

24 avgust kuni soat 21:00 da Yuqori-Chirchiq tumanida joylashgan “Avesto” fermer xo`jaligining hududidan o`tgan “Yangier-Toshkent” magistral gaz quvurining 157 kilometrdagi uchastkasida quvur yorilib, yong`in chiqdi.

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan ma`lumotlarga ko`ra, mazkur portlash Toshkent shahridagi gaz ta`minotiga ta`sir ko`rsatmaydi.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q. Operativ harakatlar natijasida yong`in soat 23.40 da bartaraf etilgan. Voqea joyida “O`zbekneftegaz” MXK, FVV, IIV va boshqa mutasaddi tashkilotlarning xodimlaridan tarkib topgan shtab tuzilgan.

Hozirda zarar ko`rgan uchastkani tiklash bo`yicha harakatlar olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar