Seuldan taxminan 2 tonna bo`lgan navbatdagi insonparvarlik yordami Toshkent yuborildi, deya xabar beradi Dunyo agentligi.
To`shak va yarim avtomatik mexanizmli 20 dona ko`p funksiyali tibbiy ko`rpa-to`shaklar ko`rinishidagi yuk Janubiy Koreyaning Suwan TPL kompaniyasi ko`magida shakllantirildi va "O`zbekiston havo yo`llari" ning charter yuk reysi bilan O`zbekistonga jo`natildi.
"Umumiy og`irligi qariyb 17 tonna bo`lgan 135 ming dollardan ortiq insonparvarlik yordamining qolgan qismi keyingi charter yuk reyslari orqali yuboriladi", - deyiladi xabarda.
Hozirda ushbu yordam Toshkent aeroportiga etib kelgan.
Avvalroq, 27 aprel va 11 may sanasida ham Koreya Respublikasidan insonparvarlik yordamlari O`zbekistonga jo`natilgan edi.






