AsosiyJamiyat

Respublikaning har bir hududida Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi

'Respublikaning har bir hududida Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi'ning rasmi

Adliya vazirligining ma`lumotiga ko`ra, Hukumat tomonidan “Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaror qabul qilindi.

 Qarorga muvofiq,  respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi.  

Hududlarda yoshlarning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Texnoparklar Innovasion rivojlanish vazirligi muassisligidagi hamda mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.

Texnoparklar faoliyati vazirlik huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta ta`mirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlari Innovasion rivojlanish va novatorlik g`oyalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi hisobidan amalga oshiriladi.

Texnopark direktori tegishlicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlarining tavsiyasiga asosan innovasion rivojlanish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.  

Qaror bilan 2020-2023 yillarda respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish reja-jadvali tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar