Serquyosh o`lkamizda etishtirilgan sarhil meva-sabzavotlarni eksport qilish mavsumi allaqachon boshlangan. Birin-ketin pishib etilayotgan mahsulotlar jahon bozorlariga yo`l olmoqda.
Ayni paytda gilos eksporti o`zining qizg`in pallasida. Joriy yilning 25 may holatiga ko`ra, 15 751 tonna (qiymati 30 194 223 mln dollarlik) gilos eksport qilindi.
Ushbu mavsumda ham qo`shni Qozog`iston o`zbek gilosining asosiy xaridori ekanligini ko`rsatgan holda 7 700 tonna gilosni xarid qilib oldi. Rossiya Federasiyasiga 4 551 tonna, Qirg`izistonga esa 3 320 tonna gilos eksport qilindi.
Raqamlardan ko`rish mumkinki, eksport qilinayotgan o`zbek gilosining eng katta qismi ushbu uch mamlakat hissasiga to`g`ri kelmoqda. Shuningdek, Belarus, BAA, Polsha, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Tailand kabi davlatlarga 200 tonnaga yaqin gilos eksport qilingan.
Gilos eksporti davom etmoqda.