AsosiyDunyo

Turkiyada virusga qarshi bir martalik joynamozlar ishlab chiqarilmoqda

'Turkiyada virusga qarshi bir martalik joynamozlar ishlab chiqarilmoqda'ning rasmi

Turkiyadagi kompaniyalardan biri koronavirusdan himoyalanishda musulmonlarga ibodat qilish uchun xavfsiz va bir martalik joynamozlarni taklif qildi.  

Odamlarni infeksiyadan va boshqa turdagi viruslardan himoya qilish maqsadida, Koniyadagi   kompaniya bir martalik qulay va engil bo`lgan joynamozlarni ishlab chiqarishni boshladi.  

Pratikser kompaniyasining savdo va marketing bo`yicha direktori Jelal Ertanning aytishicha, bu turdagi mahsulotlar 2 xil turda ishlab chiqiladi. Koronavirus sharoitida bir martalik mahsulotlarga bo`lgan talab ortib bormoqda.

Jumladan, shu kunlarda, joynamozlarga, sartaroshxona jixozlariga, sohillardagi quyoshga qarshi soyabonlarda qo`llaniladigan qoplamalarga talab juda katta. 1964 yilda tashkil etilgan kompaniya har qanday muhitda uylar, ofislar, ish joylari, shifoxonalar, klinikalar, shifokorlar va boshqa joylarda foydalanish uchun bir martalik mahsulotlarning keng doirasini ishlab chiqaradi.

Yopiq yoki ochiq havoda ishlatilishi mumkin bo`lgan ushbu bir marotabalik barcha mahsulotlar gigienik va ekologik jihatdan qulaydir. Hozirgi vaqtda joynamozlar Saudiya Arabistoni, Shimoliy Iroq, Qatar, Dubay va Birlashgan Arab Amirliklari kabi Yaqin Sharqdagi yigirmatadan ko`proq mamlakatlardan eksport qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar