Surxondaryo viloyati Boysun tumanida hujra tashkil qilib, bolalarni qiynoqqa solib kelgan yigit qo‘lga olindi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida IIV va DXXning hududiy organlari tomonidan xonadonlarda “hujra”lar tashkil etib, moddiy daromad evaziga bolalarga noqonuniy diniy saboq berib kelayotgan holatlar aniqdanmoqda. Xususan, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro mart oyidan shu kungacha hujra sharoitida diniy ta’lim berish bahonasida bolalarga nisbatan vahshiylarcha munosabatda bo‘lib, kaltaklab kelayotgani aniqlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 110 va 219-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda qamoqqa olindi.