AsosiyJamiyat

Ertaga Istambul va Rostov-Donda qolib ketgan o`zbeklar charter reysda olib kelinadi

'Ertaga Istambul va Rostov-Donda qolib ketgan o`zbeklar charter reysda olib kelinadi'ning rasmi

Ertaga, 28 may kuni tashkil etiladigan charter reyslar jadvali e`lon qilindi. Unga ko`ra:

 Toshkent - Rostov-Don – Toshkent

 Toshkent - Istanbul – Toshkent yo`nalishida parvoz amalga oshiriladi.

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.  

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.  

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

 O`zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo`lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar