Farg`onada "o`ta og`ir jinoyat sodir etgan" shaxslar qo`lga olindi

Jamiyat 27.05.2020, 20:38
Farg`onada "o`ta og`ir jinoyat sodir etgan" shaxslar qo`lga olindi

Farg`ona viloyatida Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Sharqiy harbiy okrug va boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda o`quv mashg`uloti o`tkazildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Shartli ssenariy asosida 2020 yil 26 may kuni noma`lum shaxslar tomonidan chegaradosh hududda o`ta og`ir jinoyat sodir etilib, qurollangan jinoyatchilar hodisa joyidan yashiringanliklari to`g`risida Farg`ona viloyat IIB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.  

Vaziyatdan kelib chiqqan holda, Farg`ona viloyati IIB boshlig`ining ko`rsatmasiga asosan yashiringan jinoyatchilarning shaxsini, ular harakatlanishi mumkin bo`lgan yo`nalishlarini hamda turgan joylarini aniqlash bo`yicha darhol tegishli reja kuchga kiritildi.

Rejaga asosan, viloyat IIBda tezkor shtab yig`ilib, kuch-vositalarning belgilangan hududlarda xizmati tashkil etildi. 

Olib borilgan tadbirlar natijasida qurollangan jinoyatchilar yashiringan ob`ekt aniqlanib, ularni zararsizlantirish bo`yicha maxsus operasiya o`tkazildi.    

O`quv mashg`ulot yakuni bo`yicha Ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya rahbarlarining erishilgan yutuqlar va yo`l qo`yilgan kamchiliklar yuzasidan taklif va tavsiyalari etkazildi.  

Bu kabi o`quv mashg`ulotlari shaxsiy tarkibning kelgusida jinoyatchilikni oldini olish, favqulodda vaziyatlarda to`g`ri harakat qilish hamda tezkorlik bilan qaror qabul qilish ko`nikmalarini yanada mustahkamlashda o`z samarasini beradi.    

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1