1

Xalq banki Toshkent shahar filiali boshqaruvchisi nomiga ijtimoiy tarmoqda yozilgan ayblovlar o`z tasdig`ini topmadi

Siyosat 28.05.2020, 22:01
Xalq banki Toshkent shahar filiali boshqaruvchisi nomiga ijtimoiy tarmoqda yozilgan ayblovlar o`z tasdig`ini topmadi

Telegramdagi “@SizdanTelegram©” kanalida Xalq banki Toshkent shahar filiali xodimlari nomidan filial boshqaruvchisi bir qator masalalarda ayblangan post e`lon qilindi. 

Ushbu post anonim bo`lib, unda keltirilgan e`tirozlar isboti bilan, ya`ni rasm, audio yoki video shaklida ko`rsatilmagan. Masalan, postda filial rahbari o`zaro suhbatlarda qo`l ostidagi xodimlarni og`ziga kelgan so`zlar bilan haqorat qilgani aytiladi. Bunday isbotlab bo`lmaydigan gaplarni filial rahbarini yoqtirmagan har qanday odam yozishi mumkin, deb yozmoqda Xalq banki rasmiy telegram kanali

Shuningdek, ushbu postda rahbarlarimiz bizni ko`zbo`yamachilik uchun soxta minnatdorlik sahnalari uyushtirib, ijtimoiy tarmoq orqali tarqatishga majburladi, deyilgan.  

Bir haqiqatni unutmaslik lozimki, bugungi karantin sharoitida Xalq bankining bir necha minglab xodimlari jonini xatarga qo`yib, fuqarolarimizning pensiya pullarini ularning uylariga etkazishmoqda. Buni hamma ko`rib, bilib turibdi. Shunday ekan, Xalq banki xodimlari tanqid qilinsa yaxshi-yu, e`tirof etilsa uyushtirilgan bo`ladimi?

Shu bilan birga, karantin vaqtida va dam olish kunlari ishlaganimiz uchun munosib rag`batlantirilmadik, mukofot pullari 20 foizgina berildi, xodimlar mehnatiga yarasha haq olmas ekan, ko`zbo`yamachilikdan foyda yo`q, deyilgan.  

Izohda aytilishicha, birinchidan, Xalq banki tizimida mehnat qonunchiligiga qat`iy amal qilingan holda har doim shanba va yakshanba kunlari ishlagan xodimlarga ikki barobar ish haqi to`lab berilmoqda. Buni Xalq bankida ishlayotgan har bir xodimdan so`rab bilish mumkin.  

Ikkinchidan, karantin vaqtida xodimlarning mehnatiga qarab 80 foizdan 100 foizgacha mukofot va ustama pullari o`z vaqtida to`lab berildi. Shuningdek, so`nggi ikki oy yakuni bo`yicha sayyor kassa xodimlarini rag`batlantirish maqsadida ularga qo`shimcha ravishda BHMning ikki borobari miqdorida mukofot pullari berildi.  

Uchinchidan, kiyingi bir yil davomida xodimlarning oylik maoshlari sezilarli darajada oshirildi va ularning mehnati munosib rag`batlantirilmoqda.  

Xulosa qilib aytganda, ushbu postda keltirilgan ma`lumotlar o`z tasdig`ini topmadi.  Anonim murojaat yo`llagan fuqaro esa Xalq bankida ishlamasligi va bank foaliyati bilan yaqindan tanish emasligini taxmin qilish qiyin emas.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1