AsosiyJamiyat

“O`zbek oltibeklari”: tarixning yana bir yangi sahifasi o`rganildi

Ota-bobolarimiz har bir kishi o`zining etti otasini, to`pini, urug`ini bilishi lozimligini ta`kidlaydilar. Lekin tarix silsilalari oldida noiloj qolganlar o`z tili, urug`i, qavmining nomlarini unutib yuborgan hollar ham bo`lishi tabiiy.

Nurotalik elshunos Jo`raqul Yo`ldoshevning yaqinda nashrdan chiqqan “O`zbek Oltibeklari” kitobida o`zbek millati, xalqining tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi urug`, qabila, qavm va el-elatlar haqida so`z yuritiladi. Ana shu urug`-qabilalardan tarkib topgan “Oltibek” qavmi haqida, uning shakllanishi, u asosida Turk xonligi, Buyuk turk Hoqonligi tashkil topib, qariyb 200 yil hukmronlik qilgani, turk xalqi tarixida chuqur iz qoldirgani bayon etiladi.

Kitobda muallif o`z izlanishlari natijasida Oltibeklar Sirdaryo, Toshkent, Navoiy viloyatlarida, Samarqand viloyatining Qo`shrabot, Jizzax viloyatining Forish tumanlarida, shuningdek, Qozog`istonning Sariog`och tumanida istiqomat qilishlari haqida ma`lumotlarni keltiradi. Bundan tashqari, kitobda “turkmanistonlik turkmanlar”, “O`zbek turkmanlari”, “Nurota turkmanlari”, “Hisor turkman-yuz(juz)lari”, “Bekobod, Zomin turkmanlari” hamda “O`zbek yuzlari”, shuningdek, Toma (Tama) qavmi haqida ham ma`lumotlar berilgan.

Ushbu kitob o`z tarixini o`rganishga chog`langan har bir o`zbek va turkman kitobxonlarini befarq qoldirmaydi.

Kitob sotuvga chiqarildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar