AsosiyJamiyat

Sog`lom hayot sari 5000 qadam loyihasining karantin paytida o`tkazilishiga "SES" ruxsat bermagan

'Sog`lom hayot sari 5000 qadam loyihasining karantin paytida o`tkazilishiga "SES" ruxsat bermagan'ning rasmi

Sog`lom hayot sari 5000 qadam loyihasining karantin paytida o`tkazilishi qanchalik to`g`ri? O`zi har kuni telividenieda uyda o`tiring deb aytilayotgan bo`lsa?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Botirjon Qurbonov ishtirokida brifingda ushbu savolga javob berildi:

" - 5000 qadam loyihasi ommaviy bo`lmasligi kerak. Ya`ni odamlar jamoaviy yurishlari emas, balki har bir shaxs karantin qoidalariga rioya qilgan holda va ijtimoiy masofani saqlagan holda o`zi uchun kuniga 5000 qadam piyoda yursa, sog`lig`i uchun foydadan holi bo`lmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`lgan va "SES" ruxsat berdi" degan xabarlar xech qanday asosga ega emas.

Ommaviy tadbirlar Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarorlari bilan bekor qilingan va bu kabi tadbirlarni o`tkazishga ruxsat berish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda uning hududiy markazlari vakolatiga kirmaydi.

 Ammo agentligimiz koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldinii olish bo`yicha profilaktik, epidemiyaga qarshi, shuningdek insonlarni salomatligini mustahkamlash borasidagi zarur talab va tavsiyalarni ishlab chiqadi, bu jihatdan mazkur masalalarni muvofiqlashtiruvchi etkachi hisoblanadi.

 

    Boshqa yangiliklar