Avval xabar qilganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoevning Zangiota va Sergeli tumanlariga tashrifi kutilayotgan edi.
Bugun 29 may kuni Prezident Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan ko`p tarmoqli maxsus shifoxona qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda SSV xabar berdi.
Zangiota tumanidagi maxsus shifoxona loyihasining umumiy qiymati 504 milliard so`m bo`lib, 33 gektarda 2 ta kompleks qurilmoqda. Bunda yuqumli kasalliklar xususiyati va zamonaviy tibbiyot talablari inobatga olingan. Muassasa 2 ming o`ringa mo`ljallangan. Lekin 4 ming o`ringacha transformasiya qilish imkoniyati bor.
Davlatimiz rahbari kasalxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mutasaddilar bilan suhbatda undan oqilona foydalanish, tibbiyot xodimlarini rag`batlantirish muhimligini ta`kidladi.
–Bunday zamonaviy shifoxonani qurish sermashaqqat, undan samarali foydalanish esa undan ham qiyin. Shuning uchun bu erga vrach emas, tashkilotchi odam rahbar bo`lishi kerak. Xodimlarning maoshi bonus tizimida bo`lishi zarur. Natija yaxshi bo`lsa, yaxshi daromad olishsin, – dedi Shavkat Mirziyoev.






